Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEHQON BOZORIDA KUNLIK YARMARKA TASHKIL ETILDI
2020-03-30 13:14:05 244
Karantin davrida Qo’shtepa tumanidagi dehqon bozorida oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslik bo’yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, IIB, Davlat soliq inspeksiyasi xodimlaridan iborat ishchi guruhlari dehqon bozoridagi narx-navoni doimiy nazorat qilmoqda.
Shuningdek, bozor ma'muriyati tomonidan kunlik yarmarka tashkil etilgan bo’lib, fuqarolarimiz oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishlari mumkin.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati