Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"MAHALLAM AHLI SOG’LIG’I – MENING SOG’LIG’IM"
2020-03-27 14:12:45 231
Garimdon MFYda "Mahallam ahli sog’lig’i – mening sog’lig’im" shiori ostida bir qator xayrli tadbirlar tashkillandi. Mahalla ma'sullari tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish uchun muntazam niqob hamda qo’lqopsiz yurmaslik, tozalikka qat'iy rioya etish yuzasidan targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Bu targ’ibotlar hududdagi savdo do’konlarida ham olib borilib, go’sht, oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslik bo’yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, mahallada dizinfeksiyalash ishlari ham davom etmoqda.
Shuningdek, mahallada faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlar homiyligida kam ta'minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati