Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING QARORI

×

 2020-03-26 10:20:35    276

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil  24 mart           №183         Shodlik MFY, Baxmal ko’chasi 5-uy

 

COVID-19 KORONAVIRUS INFEKSIYASINING TUMAN HUDUDIDA TARQALISHINI OLDINI OLISH JARAYONIDA PROFILAKTIK CHEKLOV TADBIRLARINI JORIY ETISH TO’G’RISIDA

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18-19 mart kunlari o’tkazilgan videoselektorlarida berilgan topshiriqlar hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, tumanda COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish, kasallikni to’g’ri tashxislash va davolash jarayonida profilaktik cheklov tadbirlarini joriy etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6 va 25 moddalariga asosan;


QAROR QILAMAN:

 

         1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18-19 mart kunlari o’tkazilgan videoselektorlarida berilgan topshiriqlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qarori hamda tuman prokuraturasining “Qonunning buzilishiga yo’l qo’ymaslik haqida”gi ogohlantiruvi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

         2. Tuman hokimining birinchi o’rinbosari (B. Taniqulov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Abdirasulov), O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo’limi (N. Tojiboyev) bilan birgalikda:

Karantin va cheklov tadbirlari davomida tumanda aholining birlamchi ehtiyojidagi mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar narxini asossiz oshirish va sun'iy tanqislikni yuzaga keltirish holatlarini oldini olish hamda narx-navo barqarorligini ta'minlash;

Tumandagi dehqon bozori va savdo majmualarini belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari va aholining birlamchi ehtiyojidagi mahsulotlar bilan, mavjud barcha dorixonalarni dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan to’liq ta'minlash choralarini ko’rsin.

Zarurat tug’ilganda karantin va cheklov davrida aholi uchun zarur bo’lgan tibbiy buyumlar, dori vositalari, shuningdek asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish xarajatlarini homiylar, mahalliy byudjet hamda qonun bilan ta'qiqlanmagan boshqa manbalar mablag’lari hisobidan qoplanishi bo’yicha takliflarni taqdim etsin.

         3. Tumandagi barcha umumiy ovqatlanish, sport ob'yektlari, restoran, kafe va o’yingohlar, shuningdek aholi gavjum bo’ladigan barcha turdagi xizmat ko’rsatuvchi sub'yektlar faoliyati tumanda koronavirus pandemiyasining tarqalib ketishini oldini olish maqsadida vaqtincha to’xtatilsin. Dehqon bozori, dorixonalar, supermarketlar, oziq-ovqat do’konlari bundan mustasno.

         4. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Abdirasulov), tijorat banklari (A. Akramov, O. Ibragimov)larga:

Karantin va cheklov munosabati bilan faoliyati to’xtatilgan tadbirkorlik sub'yektlariga belgilangan tartibda soliq to’lovlari hamda kredit qarzdorliklarini so’ndirish bo’yicha imtiyozlar qo’llanilishini ta'minlasinlar.

         5. Tuman hokimining o’rinbosari, Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi (Z. Kamilov) barcha mahalla fuqarolar yig’ini raislari bilan birgalikda:

Koronavirus pandemiyasining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi munosabati bilan tuman aholisi o’rtasida turli xil vahima va sarosimalar hamda noroziliklarni kelib chiqishini oldini olish, aholi tomonidan shaxsiy gigena va sanitariya qoidalariga qat'iy amal qilish;

Karantin va cheklov davrida aholini juda zarur bo’lmaganda yashash xonadonlaridan tashqariga chiqmaslik, ommaviy yig’inlar, to’y-ma'raka, diniy marosimlar va oilaviy tantanalarni o’tkazmaslik bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

Karantin va inson uchun xavfli bo’lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi va tarqalishining oldini olish maqsadida, belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun O’zbekiston Respublikasi “Ma'muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan javobgarlik hamda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining

2571-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida aholiga tushuntirish ishlarini olib borsin.

         6. Tuman ichki ishlar bo’limi (S. Abdullayev) Tibbiyot birlashmasi (O. Murodov) bilan birgalikda uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni uydan chiqmaslikka, boshqa fuqarolar bilan muloqotga kirmaslikka yo’l qo’ymaslik yuzasidan qat'iy choralarni qo’llasin;

aholi tomonidan tibbiy niqob taqmagan holda ko’chaga chiqmaslik, tibbiy niqob taqmasdan ko’chaga chiqqan fuqarolar belgilangan tartibda ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to’g’risida tushuntirish ishlarini olib borsin.

         7. Tuman hokimining o’rinbosari (B. Qurbonov), Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bo’limi (F. Mullajonov), Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi (I. Madumarov)larga:

barcha ko’p qavatli turar joylarning kirish qismlari (pod'yezd)ni, tom va yerto’lalarini dezinfeksiya qilish, har bir ko’p qavatli uyni yetarli dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlash vazifasi yuklatilsin.

         8. Tuman hokimining o’rinbosari (A. Yusupov), Xalq ta'limi bo’limi (O. Dexqonov), Maktabgacha ta'lim bo’limi (I. Maxmudova), Jismoniy tarbiya va sport bo’limi (G’. Yuldashev), Bosh imom-xatibi (A. Axmadaliyev) bilan birgalikda barcha ta'lim, sport va diniy muassasalarda turli xil to’garaklar, sport tadbirlari, sport mashg’ulotlari va diniy tadbirlar tashkil etilmasligi bo’yicha qat'iy nazorat o’rnatsin.

O’rta ta'lim maktablari va o’rta-maxsus kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darslarni onlayn tarzda o’tish ishlarini tashkil etsin.

         9. Idoraviy bo’ysinuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha korxona, tashkilot, bo’lim va muassasalar rahbarlariga:

Koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o’zlari rahbarlik qiladigan korxona va tashkilotlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilish;

Karantin va cheklov munosabati bilan asosiy ish faoliyatiga ta'sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etish tavsiya etilsin.

Bunda xodimlarni mehnat ta'tiliga chiqarishda O’zbekiston Respublikasi “Mehnat Kodeksi”ga qat'iy amal qilsinlar.

Idoraviy bo’ysinuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:

tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo’llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;

ish joylarida xodimlarning tana haroratini o’lchash va tana harorati yuqori bo’lgan xodimlarni ish joyida bo’lishiga yo’l qo’ymaslik hamda ushbu xodimlar to’g’risida sog’liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;

davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo’lganlar haqida darhol ma'lumot berish, kasallangan shaxs bo’lgan joylarni dezinfeksiyadan o’tkazish choralarini ko’rish;

xodimlarga izolyatsiya rejimida bo’lishga oid talablarga rioya etishda ko’maklashish.

         10. Tuman Ichki ishlar bo’limi (S. Abdullayev), Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi (I. Madumarov) bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan talablarga so’zsiz rioya etilishi ustidan qat'iy nazorat o’rnatsin.

         11. Tuman hokimligi Devonxonasi (A. Shermatov) O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuniga qat'iy amal qilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini elektron tarzda qabul qilishni tashkil etsin.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini elektron pochta, mobil messenjerlar va boshqa turdagi axborot almashinuvchi vositalar orqali qabul qilish va mas'ul ijrochilarga yetkazishni nazarda tutsin.

         12. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (Yo. Qosimova), “Istiqbol yo’li” gazetasi (U. Xudoyberganova) bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog’ida keng tushuntirilishini ta'minlasinlar.

         13. Yuqoridagi vazifalarni bajarilishi bo’yicha tegishli ma'lumotlarni muvofiqlashtirish yuzasidan tuman hokimligi ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

         14. Tuman ishchi guruh rahbari (B. Taniqulov)ga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kunlik ma'lumotlarni taxlil qilib, tuman hokimiga axborot kiritish vazifasi yuklatilsin.

         15. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.


Tuman hokimi                                                   I. Novikov