Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PROFILAKTIK ISHLAR DAVOM ETMOQDA
2020-03-24 16:48:46 227
Qo‘shtepa tumanida “Koronavirus” infeksiyasining kirib kelishi va keng tarqalishining oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston XDP va Milliy Tiklanish partiyasi tuman kengashining mas'ul xodimlari va deputatlari tomonidan tumandagi savdo do‘konlarida narx-navoning sun'iy oshirilishini oldini olish bo‘yicha monitoring tadbiri o‘tkazildi hamda axoli o‘rtasida “Koronavirus” infeksiyasi, kasallik belgilari va uning profilaktikasi haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida xonadon egalariga bepul tibbiy niqob va antiseptik gellar tarqatildi.
O‘qchi MFY hududida esa dizinfeksiyalash ishlari olib borildi.
Tuman hududida kasallik kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar davom etmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati