Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NARX-NAVO QAT'IY NAZORATDA. XAVOTIRGA O‘RIN YO‘Q
2020-03-16 13:55:36 187
Yurtimizda koronavirus qayd etilgani rasman ma'lum qilindi-yu, odamlar o‘zini bozorga, do‘konga urdi? Hukumat kasallikka chalinmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilish zarurligini ta'kidladi, ammo, oziq-ovqatni jamg‘arib qo‘ying, yetishmovchilik bo‘ladi, deb ogohlantirmadi-ku. Afsuski, ko‘pchiligimiz buni o‘ylab ham ko‘rmay o‘z xatti-harakatimiz bilan xalqda vahima uyg‘otamiz, bilib-bilmay ayrim "uddaburonlar"ning tegirmoniga suv quyamiz. Buning oqibatida ba'zi savdo do‘konlarida mahsulotlar narxiga ustamalar mindi. Bizda koronavirus emas, vahima virus boshlandi.
Aslida bu ham bir sinov, sinov esa kimning kimligini yaqqol ko‘rsatib berishi barchamizga ma'lum. To‘g‘ri, mamlakatimiz birinchi marotaba bunday qiyinchilikka duch keldi va noma'lum qo‘rquvlar paydo bo‘lishi tabiiy. Ammo vahima qilish kerak emas.
Bugun tuman dehqon bozorida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu maqsadda tashkil etildi. 1-sektor rahbari, tuman hokimi I. Novikov, 2-sektor rahbari, tuman prokurori M. Shomurodov, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i S. Abdullayev, 4-sektor rahbari tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abdirasulov, tuman bosh imom xatibi A. Axmadaliyev va mutasaddilar tomonidan karantin vaqtida narx-navoning asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha tadbirkorlarga tushunchalar berildi.
Tadbirda so‘z olganlar narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘rilayotganini, bunday vaziyat doimiy asosda nazorat olib borilishini takidlab o‘tishdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati