Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

×

 2020-03-13 18:03:12    216

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov eng avvalo muhtaram yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 2019 yilning 27 dekabrida mamlakat yoshlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlar bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazib ularning muammo va takliflarini o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatish borasida barcha tizimlar birdek mas'ul ekanligini alohida ta'kidladi. Shundan so‘ng tuman hokimi bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasida keng ko‘lamda amalga oshirilayotgani, jumladan, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflari bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, ayniqsa yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida so‘ngi 3 yil moboynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qator Farmon va Qarorlar qabul qilinib, ijroga qaratilgani hususida hamda kelgusidagi rejalarga qisqacha to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, tuman Xalq qabulxonasi mudiri  R. Abdullayev so‘z  olib, xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib tarbiyalash, ularni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va bo‘sh vaqtlarida sport to‘garaklari bilan shug‘ullanishlari muhimligi haqida gapirib o‘tdi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tumanni ijtimoiy sohada rivojlantirish, bandlik, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.

Yuqorida ko‘rsatilgan muammo va takliflarni atroflicha o‘rganib chiqish uchun tuman hokimi  tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi.

Zero, mana shunday uchrashuvlar orqali yoshlar manfaatini ta'minlash bilan, ertangi yorug‘ kunimizga zamin yaratamiz.

Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati