Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI “QUMTEPA” MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
2020-03-13 16:12:12 205
Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikovning navbatdagi sayyor qabuli “Qumtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimligi mas'ul rahbarlari, tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla mutasaddilari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo, taklif va mulohazalari bilan tuman hokimi I. Novikovga bevosita murojaat etishdi.
Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlarini joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda boshqa barcha murojaatlarni muddatidan kechiktirmay o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma'lum qilish yuzasidan mutasaddi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati