Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HECH BIR MUROJAAT E'TIBORDAN CHETDA QOLMADI
2020-03-10 17:30:17 187
Bugun tuman Xalq qabulxonasida Qo‘shtepa tumani hokimi I. Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari va idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Qabulda 31 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Qabulda fuqarolar asosan, ishga joylashtirish, uy-joy olish, bog‘dorchilik qilish uchun yer olish, tadbirkorlik uchun kredit olish, Davlat sherikchiligi asosida bog‘cha ochish singari turli masalalarda murojaat qildilar. Ushbu murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan qat'iy nazoratga olindi. Asosiysi, hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmadi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati