Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
UCH EGIZAK - UCH QUVONCH
2020-03-06 18:04:16 276
Ho‘jaqishloq MFYda yashovchi Nurmatovlar xonadonida 2020 yil 17 yanvar kuni uch nafar egizak dunyoga keldi. Ota-ona uchun har bir zurriyod Yaratganning tuhfasi, aslida. Ammo uch egizak dunyoga kelishi har doim ham kuzatilaveradigan hodisa emas. Shu ma'noda, xonadon ahlining quvonchini tushunish mumkin. Kichkintoylarga yaxshi niyatlar bilan Xasanboy, Fotimaxon va Zuxraxon deya ism qo‘yildi.
Go‘daklarning sog‘lom unib-o‘sishi uchun alohida parvarish talab etilishi tabiiy. Chaqaloqlarning onasi Xurshidaxon Nurmatova farzandlarini sog‘lom dunyoga keltirdi. Egizaklarning barchasi sog‘lom, shunday bo‘lsa-da, ular shifokorlar nazoratida.
Albatta, hokimlik tomonidan xonadon ahliga imkon qadar yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Chunki, uch egizakni katta qilish oson ish emas.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tuman hokimi I. Novikov mutasaddi idora rahbarlari bilan hamkorlikda egizaklar holidan xabar olish uchun ularning xonadonida bo‘ldi. Go‘daklar uchun zarur buyumlardan iborat tuman hokimligining sovg‘a-salomlari topshirildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati