Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2020-02-29 14:34:28 230
Qo‘shtepa tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh. Raximov ishtirokida “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman kengashi deputatlari, mahalla faollari, faxriy o‘qituvchilar hamda maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Sh. Raximov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayonlari, saylovchilar bilan uchrashuvlar xususida yoshlarga batafsil so‘zlab berdi.
Fikr va mulohazalar, taklif va tavsiyalar qizg‘in tus olgan uchrashuv so‘ngida yoshlarning savollariga deputat tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati