Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUQUQ - TARTIBOT IDORALARI RAHBARLARINING SAYYOR UCHRASHUVI
2020-02-27 13:23:37 238
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda bo‘lib, aholi bilan o‘tkazayotgan muloqotlarda odamlar bilan ishlaydigan barcha organlar, tashkilotlar rahbarlarini insonlarning fikrini, dardini eshitishga, muammolarini hal qilishga qayta-qayta da'vat etayotgani bejiz emas. Zero, yurtboshimiz rahbarligida Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlashga qaratilib, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish borasida sayyor uchrashuvlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kuni kecha Qo‘shtepa tumanidagi Xumdon mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor uchrashuv ham aynan shu maqsadda tashkil etildi. Unda viloyat ma'muriy sudining sudyasi M. Maraximov, tuman ma'muriy sudining raisi Q. Abdullayev, tuman prokurori M. Shomurodov, prokuror yordamchisi A. Yusupov, tuman IIB boshlig‘i S. Abdullayev, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari D. Daminov va mahalla faollari ishtirok etdilar.
Uchrashuv chog‘ida so‘zga chiqqan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish, sha'riy nikoh, ruxsat etilmagan joylarda namoz o‘qish uchun javobgarlik mavjudligi haqida ma'ruza qildilar.
Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi va amaldagi qonunlar haqida fuqarolarga tushunchalar berildi. Erkin muloqot tarzida o‘tgan ushbu muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javob oldilar. Tadbir yakunida tuman ma'muriy sudining sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati