Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPALIK BOLAJONLARGA TUHFA
2020-02-20 17:28:31 201
Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarining soni yildan-yilga oshib borayotgani ham buning yorqin dalilidir.
19 fevral kuni Qo‘shtepa tumanining Loyson MFY hududida joylashgan tuman maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi 46-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mussasa 1985 yilda qurilgan bo‘lib, hozirda quvvati 150 o‘rinli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4067-sonli qaroriga asosan 2019 yilda investitsiya asosida muassasa rekonstruktsiya qilinib, qo‘shimcha 100 o‘rinli bino qurildi. Qurilishga 3 mlrd 648 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Ushbu muassasaning ochilishi hududdagi bolajonlar uchun chinakam armug‘on bo‘ldi.
Aynan shu kuni tumanda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi ham bo’lib o‘tdi. Xususan Qo‘rg‘oncha MFY hududida “Jannatmakon hur O‘zbekistonim” nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Ushbu muassasa tadbirkor M. G‘aniyev tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etildi. Ushbu Loyiha qiymati 2 mlrd 730 mln so‘mni tashkil etdi. NMTTga hududdagi 3-7 yoshli bolalarning 100 nafarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Marosimda tuman hokimi I. Novikov, tuman IIB boshlig‘i S. Abdullayev, tuman MTB mudiri I. Maxmudova va mahalla faollari, ota-onalar hamda nuroniylar ishtirok etdilar.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati