Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sayyor qabullarda murojaatlar yechimini topmoqda
2020-02-18 15:22:57 261
Joriy yilning 14-fevral kuni Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘inida Qo‘shtepa tumani hokimi, tuman 1-sektori rahbari Ilyos Valeriyevich Novikovning mahalla fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida tuman fuqarolari tomonidan elektr, davolanish uchun moddiy yordam, ichimlik suvi, ko‘chalarni asfaltlash, suyultirilgan gaz baloni, yoshlar uchun futbol maydonchasi qurish uchun joy va boshqa masalalarda murojaatlar qilindi.
Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rdi. Аyrim murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.