Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qoʼshtepa tuman kengashining birinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi
2020-01-15 10:35:01 204
14 yanvar kuni, oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashining birinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unga 28-Shahartepa saylov okrugidan saylangan deputat Shavkatjon Sharapov raislik qildi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʼrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Shuningdek, sessiyada viloyat hokimining oʼrinbosari Jamshid Muxtorovich Xatamov qatnashdi.
27-Loyson saylov okrugidan deputat Аrabjon Qodirov sessiya kotibi etib saylandi.
Sessiya kun tartibiga oltita masala kiritildi.
1. Tuman saylov komissiyasi raisining axboroti.
2. Xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash toʼgʼrisida
3.Xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini roʼyxatga olish.
4. Xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish.
5. Fargʼona viloyati hokimi tomonidan Qoʼshtepa tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash.
6. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qoʼshma majlisi Maslahat Kengashi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etish haqida.
Kun tartibidagi birinchi masala, VI chaqiriq xalq deputatlari Qoʼshtepa tuman Kengashiga oʼtkazilgan saylov natijalari haqida tuman saylov komissiyasining raisi Rasuljon Tojiboev axborot berdi. U saylov Oʼzbekiston qonunchiligi asosida boʼlib oʼtganini va 30 nafar saylangan deputat maqomini tasdiqladi.
Kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasidan sessiya kotibi Аrabjon Qodirovga soʼz berildi.
Shundan soʼng xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʼgʼrisidagi Nizomi haqidagi qaror tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashiga saylangan deputatlarning quyidagi partiya guruhlari:
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan 7 nafar deputatdan iborat partiya guruhi;
- Oʼzbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 10 nafar deputatdan iborat partiya guruhi
- Oʼzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 4 nafar deputatdan iborat partiya guruhi;
- Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan 8 nafar deputatdan iborat partiya guruhi roʼyxatga olindi.
Kun tartibining navbatdagi masalasi muhokama qilingach, Oʼzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan Xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashining quyidagi tarkibda 7 ta doimiy komissiyasi tuzildi:
1) Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʼyicha;
2) Qonuniylikni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʼyicha;
3) Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʼyicha;
4) Sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʼjaligi masalalari va aholiga xizmat koʼrsatish boʼyicha;
5) Аgrar, suv xoʼjaligi masalalari va ekologiya boʼyicha;
6) Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari boʼyicha;
7) Reglament va deputatlik odobi masalalari boʼyicha.
17-Beshkapa saylov okrugidan saylangan deputat Saidolimxon Nuriddinov,
27-Loyson saylov okrugidan saylangan deputat Аrabjon Qodirov,
12-Qoʼrgʼoncha saylov okrugidan saylangan deputat Saidaxon Omonboeva,
6-Gʼishtmon saylov okrugidan saylangan deputat Аbdulqosim Аbdumalikov,
2-Eshonguzar saylov okrugidan saylangan deputat Аnvarxon Nabiev,
8-Oqtepa saylov okrugidan saylangan deputat Shoxobbos Xoshimov,
28-Shahartepa saylov okrugidan saylangan deputat Shavkatjon Sharapov nomzodlari tasdiqlandi.
Kun tartibidagi tashkiliy masala - Fargʼona viloyati hokimi tomonidan Qoʼshtepa tumani hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash yuzasidan Fargʼona viloyat hokimi oʼrinbosari Jamshid Xatamov soʼzga chiqdi.
Fargʼona viloyati hokimi tomonidan Qoʼshtepa tumani hokimi lavozimiga 22-Solijonobod saylov okrugidan saylangan deputat Novikov Ilyos Valerievich nomzodini xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash toʼgʼrisida Taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni oʼqib eshittirdi.
Ushbu taqdimnoma muhokamasida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston Liberal demokratik partiyasi guruhi nomidan deputat Аbdulqosim Аbdumalikov, ”Аdolat” sotsial demokratik partiyasi guruhi nomidan Saidaxon Omonboeva, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi nomidan deputat Tolibjon Xasanov hamda Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhi nomidan Аnvarjon Nabievlar soʼzga chiqdilar va Qoʼshtepa tumani hokimligiga tavsiya etilgan Ilyosbek Novikov nomzodini qoʼllab-quvvatladilar.
Novikov Ilyos Valerievich Qoʼshtepa tumani hokimi etib bir ovozdan tasdiqlandi.
Ilyosbek Novikov soʼzga chiqib, bildirilgan yuksak ishonch uchun viloyat hokimiga va xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani kengashi deputatlariga minnatdorchilik bildirdi. Bor kuch va bilimini Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yoʼlida safarbar qilib fidoiylik va sadoqat bilan xizmat qilishga vaʼda berdi.
Oliy Majlis Senati aьzoligiga Fargʼona viloyatidan saylovni shu yil 17 yanvar kuni oʼtkazish haqida Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilingan edi.
Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qoʼshma majlisi Maslahat Kengashi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etishi koʼzda tutilgan.
Kun tartibidagi soʼnggi masala muhokama qilinib, maslahat Kengashi aʼzoligiga 2-Eshonguzar saylov okrugidan deputat Аnvarxon Nabiyev nomzodi tasdiqlandi.
Shu bilan oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qoʼshtepa tumani Kengashining birinchi sessiyasi oʼz ishini yakunladi.
Qoʼshtepa tumani hokimligi axborot xizmati