Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash - muhim vazifa
2020-01-13 18:57:35 185
Qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy tizimni yanada chuqur isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish, Аndijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19-iyulda “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4399-sonli Qarori qabul qilindi.
Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tadbirkorlarga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosarlari, iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi bo‘lim va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda viloyat tijorat banklari rahbarlari tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumotlar berildi. Xususan, Jahon bankining yangi loyihasi tumanimiz tadbirkorlariga juda foydali bo‘lishi taʼkidlandi.
Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga o‘z o‘rnida javoblarni oldilar.