Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
2020-01-09 18:39:12 221
2020 yil 8-yanvar № 07
Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan
QАROR QILАMАN :
1. Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining birinchi sessiyasi 2020 yil 15-yanvar kuni soat 16-00 ga chaqirilsin.
2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
1) Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha tuman saylov komissiyasi raisining axboroti.
2) Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.
3) Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida.
4) Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish to‘g‘risida.
5) Tashkiliy masala.
6) Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etish haqida.
3. Sessiyaga tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi guruh, bo‘lim rahbarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilsin.
Tuman hokimi: I.Novikov