Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
АHOLINI RO‘YXАTGА OLISH – DАVR TАLАBI
2020-01-06 16:36:36 163
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni respublika aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli maʼlumot, uzoq muddatli prognozlar, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim hisoblanadi.
Yaxlit va har bir maʼmuriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro miqyosda taqqoslanadigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Demografik siyosatni, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash, aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish kabi vazifalar ro‘yxatga olishda muhim jihatlardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5-fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasida aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va asosiy vazifalari yoritilgan bo‘lib, tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bosqichlari belgilangan.
Shuningdek, tadbirni o‘tkazishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish yo‘nalishlari inobatga olingan.
Umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli bu kabi tadbirlarni amalga oshirishda, aholini ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishga tayyorlashda barcha davlat tashkilotlari va organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur hisoblanadi. Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida barcha faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha joylarda axborot-tushuntirish tadbirlarini olib borishmoqda. Shahar-tumanlarda davlat tashkilotlari va organlari xodimlari ishtirokida tadbirlar, o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda. Fuqorolarning aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardorligi ko‘lami kengaymoqda.
Yangi yilda ham bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, o‘quv-seminarlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan rejalar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Tursunoy АBDULLАJONOVА,
viloyat statistika boshqarmasi
Аxborot xizmati rahbari