Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
2019-12-24 11:59:05 193
Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikovning navbatdagi qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida tuman fuqarolari tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, elektr, moddiy yordam va boshqa masalalarda murojaatlar qilindi.
Qabulda tuman hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rdi. Аyrim murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
“Qo‘rg‘oncha” MFY Obodlik ko‘chasida yashovchi fuqaro O.Yuldasheva moddiy yordam olish masalasida murojaat qildi. Murojaat joyida o‘rganib chiqildi va homiylik asosida fuqaroga yordam berilishi tushuntirildi.
Shuningdek, Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini Latif ko‘chasida yashovchi fuqaro G.Rahmatjonova turmush o‘rtog‘i B.Rojiyevni ish bilan taʼminlash masalasi bo‘yicha murojaat qildi. Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari M.Eminov murojaatchini tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tdi va mutaxassislik bo‘yicha ish o‘rinlariga tavsiya berdi.