Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KITOBXONLIK - MA'NAVIYAT SARCHASHMASIDIR!
2019-12-23 13:36:36 186
Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai u kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson harakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi.
Kuni kecha Qo‘shtepa tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobsevar kitobxon” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning badiiy chiqishlari, o‘zlari yoqtirgan kitoblaridan parchalari barchaga birdek manzur bo‘ldi.