Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida
2019-12-19 18:49:09 233
O‘tib borayotgan 2019 yil barcha qatori 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi uchun ham sermazmun yil bo‘ldi.
Sportning Futzal turi bo‘yicha 2005-yilda tug‘ilgan BO‘SM va IBO‘SM shug‘ullanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati g‘olibi Husniddin Ne’matov O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 1-darajali diplomi va medal bilan taqdirlandi.
Bir so‘z bilan aytganda, 29-maktabning 8-sinf o‘quvchilarini ilg‘or sportchilar sinfi deb atashimiz mumkin. Sinfning Asrorbek Otaxonov, Ismoiljon Odilov, Muslumbek Humonov, Farruxbek Sobirov singari o‘quvchilari sportning Futbol, Boks, Taekvando turlari bo‘yicha o‘n beshtadan ortiq diplom va medallar egalari ekanligini mamnuniyat bilan aytib o‘tmoqchiman.
2017-yilda Futbol bo‘yicha 23 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida faxrli 1-o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasida maktabimizning sobiq o‘quvchisi Abbosbek Otaxonovning borligi biz uchun faxr bo‘lgan edi.
Yutuqlarimiz yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasidagi ishlarning amaldagi isbotidir.
Shoiraxon EMINOVA,
29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi