Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
To‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lang
2019-12-16 18:39:37 210
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida elektr energiyasidan debitor qarzdorligi ortgan Shahartepa, Fayz hamda Katta beshkapa mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, oqsoqollari va faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni to‘liq undirilishini ta’minlash va qarzdorlikni qisqartirish yuzasidan o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Hayotjon SULАYMONOV,
MIB Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘i