Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Suvoqova” korxonasi kimni aldamoqchi?” sarlavhasi ostida tarqatilgan xabarga MUNOSABAT
2019-12-14 19:55:10 191
Ijtimoiy tarmoqlarda 14-dekabr sanasida “Suvoqova” korxonasi kimni aldamoqchi?” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.
Unda, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Borot mahalla fuqarolar yig‘ini Orzu ko‘chasi ahli ichimlik suvi taqchilligidan qiynalmoqda. “Suvoqova” korxonasi tortgan quvurda suv yo‘q. Ular kimni aldamoqchi bo‘lyapti?”, deya shikoyat qilingan.
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida tumandagi mavzuga aloqador bo‘lgan mutasaddilar bilan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlardan maʼlum bo‘lishicha, Orzu ko‘chasi 119-uyda yashovchi fuqaro B.Ergasheva bu holatdan hech qanday xabari yo‘qligini aytdi. Shuningdek, “Borot” MFY raisi X.To‘lanov ichimlik suvi bo‘yicha muammo yo‘qligi va ushbu xabar yolg‘on maʼlumot ekanligini taʼkidlab o‘tdi.