Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SizdanTelegram” kanalida joylangan “10 ming aholi yashaydigan mahallamizga masjid juda ham zarur” nomli xabarga MUNOSАBАT
2019-12-11 09:16:54 247
“Ozodlik radiosi”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali 10-dekabr sanasida “10 ming aholi yashaydigan mahallamizga masjid juda ham zarur” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.
Unda, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 10 mingdan ziyod aholi yashaydi, lekin mahalla masjidini ochishimizga ruxsat berishmayapti, deya shikoyat qilingan.
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida tumandagi mavzuga aloqador bo‘lgan mutasaddilar bilan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlardan maʼlum bo‘lishicha, avvalo, Shahartepa mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 10 mingdan ziyod emas, hozirda 4310 (to‘rt ming uch yuz o‘n) nafar aholi istiqomat qilishi, qolaversa, ayni vaqtda Qo‘shtepa tumanida 15 ta rasmiy masjid faoliyat olib borayotgani, Shahartepa mahallasi bilan Loyson mahalla hududidagi “Sultoni Orifiyn” jome masjidi oralig‘idagi masofa bir kilometr, tumandagi “Sulaymonbek hoji” jome masjidi oraligʼi ikki kilometr hamda tumandagi “Аbdusamad oxun” jome masjidi oralig‘idagi masofa uch kilometrni tashkil etishi maʼlum bo‘ldi.
Shu o‘rinda quyidagilarga eʼtibor berish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim uyida tahorat qilib, Аllohning uylari (masjidlar)dan biriga Аllohning farzlaridan birini ado etish uchun yurib borsa, uning ikki qadamidan biri ila xatosi o‘chadi, boshqasi bilan darajasi ko‘tariladi” (Imom Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan).
Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Masjiddan qancha uzoq bo‘lganning ajri shuncha ulug‘ bo‘lur”, dedilar (Imom Muslim va Аbu Dovud rivoyat qilgan).
Farg‘ona viloyati vakilligi matbuot xizmati