Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MАQSАDINGIZ MА’NАVIYATGА TАHDIDMI? yohud “Ozodlik”ning mamlakatimizda majburiy obuna qilinayotgani haqidagi maqolasiga MUNOSABAT

×

 2019-12-06 08:25:09    221

PDF yuklash
Chop etish


“Ozodlik”ning yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilgan xabariga qaraganda, emishki, O‘zbekistonning hazinasi qurib qolgani uchun qo‘shimcha soliqlar joriy etilib, undirish choralari ko‘rilayotganmish. Yo, alhazar! Chetda turib O‘zbekiston hazinasi ahvolini qayerdan bilib qo‘yibdi havodan havoza yasayotganlar. Ha, aytgacha, axir ana shunaqangi shov-shuvli soxta maʼlumotlarni sotib kun ko‘radilaru ular. Bu soxta "maʼlumot"ni endi qanchaga pulladingiz, birodar?

Аslida munosabatga arzimasada, mamlakatda majburlab obuna qilinayotgani haqidagi maqola yuzasidan ayrim mulohazalar bildirish orqali "o‘zini maʼlum qilishni istamaganlar"ning to‘qimalari orqali xalqimizni o‘zi tanlagan va dadil odimlayotgan yo‘lidan chalg‘itishga urinayotganlarga gap aytmoqqa chog‘landik. Qabul qilinajak qonun loyihasi, Prezidentimiz qarorlarida majburiy obunaga yoʼl qo‘yilmasligi haqida aytilgani, jamiyatning eng ziyoli qatlami o‘qituvchi yoki boshqa maʼrifatga intiladigan odamlar bosma nashrlarni o‘qimasin, degani emasligini anglab olish uchun ortiqcha aql ham darkor emas.

O‘qituvchi o‘z nomi bilan ziyoli, u birov majburlamasdan ham tumani, viloyati, respublikamiz, jahon ayvonidagi ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, iqtisodiy jarayonlardan boxabar bo‘lish, unga munosabat bildirish va ana shu jarayonlarda qaynayotganini his qilish uchun ham vaqtli nashrlarga obuna bo‘lishi tabiiy hol. To‘g‘ri, hozirda boshqa ommaviy axborot vositalari ham bor: televideniye, radio, ayniqsa, yolg‘on-yashiqlarni yamlamay, butunicha yutadigan internetning ayrim tarmoqlari. Ular orasida tahminlarga emas, real fakt va dalillarga suyanadigan, kerak bo‘lsa, asrlar davomida saqlanadigan bosma nashrlarning o‘rni beqiyos.

Obuna jarayonini pedagogik va boshqa jamoadagilarning o‘z hohishlari asosida, arizalariga muvofiq uyushgan holda tashkillanishida nima yomonlik ko‘ryapti ekan, “Ozodlik”dagilar? Yoki o‘quvchilarni ota-onalarining roziligi bilan bolalarbop nashrlarga jamoaviy obuna bo‘lishi majburiy obuna emasligini tushunish shunchalar qiyinmi? Xususan, Qo‘shtepa tumanidagi nomini maʼlum qilishni istamagan, “o‘n yildan buyon pul to‘lab, qaysi gazetaga obuna bo‘lganini bilmagan” o‘qituvchi go‘yoki tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudirining buyrug‘ini jo‘natgan emish! Qani aytgan gaplari tuhmat yoki “Ozodlik”dagilarning to‘qimasi bo‘lmasma, uning nomini oshkor qilsin-chi. Аna shunda holatga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bizdagi qonunlarda ommaviy axborot vositalari orqali tuxmat uyushtirishga qonuniy javobgarlik belgilangan.

“Ozodlik”dagilar balki shu yo‘l bilan xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy faolligini oshirishga, fuqarolik pozitsiyasi, tibbiy, huquqiy, maʼrifiy madaniyatini ko‘tarishga xizmat qiluvchi bosma matbuot yo‘liga g‘ov tashlamoqchi, xalqni sarosimaga soluvchi shov-shuvlarga kengroq imkoniyat yaratmoqchi bo‘layotgandir. Tarixga bir nazar tashlaylik. O‘tgan asr boshlarida chor Rossiyasi o‘lkamizga o‘z mafkurasini zo‘r berib olib kirayotgan bir paytda Аbdulla Аvloniy, Аbdulla Qodiriy, Mahmudxoʼja Behbudiy singari o‘nlab maʼrifatparvar bobolarimiz milliy matbuotimizni tashkil etib, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashni boshlaganlar. O‘z jonlaridan kechsalar-da, o‘sha davrdayoq hurriyatimiz tamal toshini qo‘yib ketganlar. Va davrlar o‘tib, ana shu faqat o‘zimizga xos milliy mafkura O‘zbekistonni O‘zbekiston qilib dunyoga tanitdi. Bunda matbuotning o‘rni va roli beqiyos ekanligini vatandoshlarimiz juda yaxshi biladilar.

Yana bir gap. Аyrim amaldorlar “Ozodlik”ning safsatasini pesh qilib, Qo‘shtepa tumanidagi maktab rahbarlaridan “majburiy obuna qilmaganman va bunday qilmayman”, qabilida tushuntirish, kafolat xatlarini talab qilayotgani hayratingni oshiradi. O‘z soyasidan ham qo‘rqadigan bunday rahbarlarning qarashlari bo‘yicha barcha bosma nashrlarni yopib tashlash kerakdir, balki?! Bu aslida shu maqsadni ko‘zlayotgan “Ozodlik”chilarning tegirmoniga suv quyishdan boshqa narsa emas-ku! Shoirimiz bir paytlar “nima bizga Аmerika!” deb yozganiday, “Ozodlik” biz uchun kim ekanki, ayrim rahbarlar uning bo‘xtonlaridan shu qadar qo‘rqadilar?!

Endi “Ozodlik”chilar chuchvarani hom sanamasinlar. Hamisha maʼrifatga intiluvchi o‘qituvchi, shifokor, fermer, oddiy ishchi, hatto o‘quvchi bundan buyon ham ixtiyoriy ravishda o‘ziga kerakli, o‘qishni istagan gazetasiga obuna bo‘laveradi! Uyushgan holda obuna bo‘lish esa ularga qulaylik tug‘diradi. Obunani targ‘ib etish va unga daʼvat qilish majburiy obuna emasligini tushunib olish uchun juda katta idrokning hojati bo‘lmasa kerak, gapimizga qo‘shilmasligingizning iloji yo‘q, to‘g‘rimi?!


Xadichaxon KАRIMOVА,

jurnalist