Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumani hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi
2019-12-03 16:08:10 193
Qabulga kelgan fuqarolarning ko‘pchiligi yo‘llarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi taʼminoti, uy-joy, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal sohalardagi kamchiliklarni tuzatish, ishga joylashishda ko‘maklashish, huquqiy masalalar bo‘yicha murojaat qildi.
Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, tumandagi xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rdi. Аyrim murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.