Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tuman hokimi fuqarolar bilan uchrashdi
2019-11-29 18:47:01 259
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolarning eʼtirozlari va murojaatlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida barcha darajadagi hokimlar va sektorlar rahbarlari tomonidan hududlardagi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Bunda asosan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past, chekka va olis hududlardagi muammolarning yechimini taʼminlash, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishiga erishish, muddat va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov hamda tumandagi barcha tashkilot rahbarlari Soy bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Yangido‘kon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla fuqarolari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda tuman hokimi bu yil paxta rejasini birinchi bo‘lib bajarganligimiz uchun tumanimizga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilganligi va ushbu mablag‘ni qaysi sohalar kesimida taqsimlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda mahalla faollari tomonidan hududdagi yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qildilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot vakillari muammoning yechimi va aniq muddatini aytib o‘tdilar.
Uchrashuvlar davom etmoqda