Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tabiatni muhofaza qilishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanaylik!
2019-11-26 17:50:37 361
Ona tabiatni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish, ekologiya qoidalari va ekologik madaniyat talablariga rioya etishimiz zarur.
Tabiat va atrof muhit bir-biriga chambarchas bog‘liqligini eʼtirof etadigan bo‘lsak, ular bir butun tirik mavjudot ekanligini tushunib yetamiz. Shuning uchun Ona tabiatimizni avaylab, ardoqlashimiz va tabiat qonuniyatlariga rioya qilishimiz talab etiladi.
Ekologik tarbiya yoshlarga kompleks tarbiya berishning muhim shakllaridan biri sanaladi. Аholimiz esa ekologik tarbiya g‘oyalari haqida hali to‘liq o‘ylamayaptilar. Qachonki biz bu haqda qayg‘ursakgina, ana shunda insonlar tabiatni, atrof-muhitni, o‘simliklar, hayvonot dunyosini sevib, ularni asrab-avaylaydi va g‘amxo‘rlik qiladi. Ekologik tarbiya tirik mavjudotlarning tana tuzilishini, biosferani va atrof-muhitni bilish bilan bog‘liqdir.
Endilikda chiqindilar uchun to‘lovlarni undirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
Chiqindilar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik qarzdorlikni vujudga keltiradi. Isteʼmolchilarga esa Majburiy ijro byurosi tomonidan maʼlum cheklovlar qo‘llanilishi ham mumkin.
Hurmatli fuqarolar!
Maishiy chiqindilar uchun amalga oshirilgan to‘lovlaringiz orqali atrof-muhit muhofazasi, aholi salomatligi va kelajak avlod xavfsizligiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!
Baxromjon MAMAYUSUPOV,
MIB Qo‘shtepa tuman bo‘limi Qarzdorlik sudgacha undirish sho‘basi inspektori