Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tashabbus tadbirkorlikka, tadbirkorlik taraqqiyotga yetaklaydi

×

 2019-11-23 09:44:28    746

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Coworking” markazi faollar zalida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Tadbirkorlarga murojaatnoma” asosidagi 9 ta yo‘nalish tahlili bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyorjon Taniqulov tadbirkorlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday to‘siqlar bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini taʼkidlab o‘tdi.


Muzokarada har bir yo‘nalish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisoboti va axboroti eshitildi.


Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Muammoli masalalar o‘rganib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.