Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikovning tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi

×

 2019-11-10 16:04:33    246

PDF yuklash
Chop etish


Аssalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qalbi pok, oq xalatli mehri daryo aziz tibbiyot xodimlari!

Men barchangizni yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga va oila aʼzolaringizga baxt-saodat, sihat-salomatlik, masʼuliyatli va sharafli ishlaringizni amalga oshirishda kuch-quvvat, muvaffaqiyatlar tilayman.

Mamlakatimizda tibbiyot sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Darhaqiqat, Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismonan sog‘lom, maʼnan yetuk avlodni tarbiyalash masalasiga ustuvor vazifa sifatida eʼtibor qaratmoqda.

Tumanimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-2857-sonli “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 4 ta qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi. O‘tkan yili Obod qishloq dasturi bo‘yicha “Sohibkor” MFY hududida joylashgan Markaziy shifoxona va Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binolari 207 million mablag‘ hisobiga taʼmirdan chiqarildi.

Investitsion dastur asosida tumandagi Stomatologiya poliklinikasiga 930 million so‘m, Eshonguzar qishlog‘idagi 85-sonli qishloq oilaviy poliklinikasiga 825 million so‘m mablag‘ sarflanib mukammal taʼmirdan chiqarilib, bugungi kunda aholi sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tumandagi 8 ta hududda aholini arzon dori-darmon bilan taʼminlash maqsadida ijtimoiy dorixonalar ochildi. Bu yil paxta rejasini birinchi bo‘lib bajarganligimiz uchun tumanimizga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘dan tumanimiz aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida tuman byudjetidan 592 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bu ajratilgan mablag‘lar hisobiga shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga og‘ir travma bilan kelgan bemorlarni zudlik bilan tekshiruvdan o‘tkazish va tashxis qo‘yishni olib borish uchun zamonaviy EXO EKG apparati, operatsion stol, avtoklav, distillyator sotib olish hamda tibbiy xizmat samaradorligini oshirish maqsadida tibbiyot birlashmasiga “Damas” rusumli avtomashina olish uchun 70 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Tibbiyot xodimlari xalq bilan birga bo‘lib, har bir aholining xonadonlariga tibbiy madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini olib kirishlari, ularning dardiga shifo, qalbiga malham bo‘lishlari kerak.

Men barchangizni yana bir bor kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz shifokorlar!


Ilyos NOVIKOV,

Qo‘shtepa tumani hokimi