Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
2019-11-07 14:45:08 235
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasininig 2019 yil 23 iyul kungi 926-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi okruglar va uchastka saylov komissiyalari aʼzolari uchun joriy yilning 6-21 noyabr kunlari “Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida hududiy trenerlar ishtirokida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolari guruhlarga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Ularga trenerlar tomonidan saylov jarayonining yanada shaffof va oshkora o‘tishini taʼminlash maqsadida saylov qonunchiligi yanada takomillashtirilib, qator yangi tartib va tamoyillar joriy qilingani taʼkidlanib, saylov bilan bog‘liq mavzularda seminar-trening darslari olib borilmoqda va ishtirokchilarga zamonaviy saylov tizimi, rivojlangan davlatlar tajribasi haqida batafsil maʼlumotlar berilyapti.
Bunday seminar-treninglar Saylov kodeksidagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish, siyosiy tadbirning yuksak saviyada o‘tishini taʼminlash, okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Seminar-trening davom etmoqda