Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining navbatdan tashqari 71-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2019-11-01 20:53:30    235

PDF yuklash
Chop etish


Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Аbdullayevning Qo‘shtepa tumanida 2019 yilning 9 oyi davomida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati haqidagi axboroti hamda Qo‘shtepa tumani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, xalq deputatlari Farg‘ona viloyati va Qo‘shtepa tumani Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazuvchi yagona uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish kabi kun tartibiga qo‘yilgan masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kun tartibidagi 1-masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Аbdullayev tumanda joriy yilning 9 oyi davomida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqidagi axboroti tinglandi.

Sessiya davomida Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining “Qonuniylik, huquq targ‘ibot va korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Xojiakbarov o‘z maʼruzasida joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tishi, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar ishtirokida seminar-trening darslari tashkil etilganligi hamda zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. So‘ng N.Xojiakbarov tomonidan saylov uchastkasi aʼzoligiga nomzodlar ro‘yxati o‘qib eshittirildi.


Yagona uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 109-Qo‘shtepa okrug saylov komissiyasiga taqdim etildi.