Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-08-10 15:09:40    100

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali “TTYo brigadasi uchun zarur sharoit yaratilmagan...” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan yozmoqdamiz. Aholiga tez tibbiy yordam xizmatini yaqinlashtirish maqsadida hurmatli Prezidentimiz farmoni bilan TTYo brigadalari oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan. Ammo 88-oilaviy poliklinikaga biriktirilgan TTYo brigadasi uchun hech qanday sharoit yaratilmagan. Brigada uchun qo‘shimcha bino qurish bir necha yildan buyon ortga surilmoqda. Hozirda shifokorlar tomonidan aholidan yig‘ilgan ehson pullari hisobiga hashar yo‘li bilan 3 xonadan iborat bino qurilmoqda. Negadir bu ishlarni amalga oshirishga na tuman tibbiyot birlashmasi, na tuman hokimligi va na sektor rahbariyati e’tibor qaratmoqda. Nahotki, ishchi-xodimlar uchun qulay sharoit yaratish aholining ehson puliyu oq xalat kiygan “quruvchi”larga qolgan bo‘lsa?!” – deya shikoyat qilingan. 

           Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasi ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Garmdon mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 88-sonli oilaviy poliklinika binosi 1998 yilda 50 qatnovga mo‘ljallab qurib bitkazilgan. Hozirgi kunda bino ta’mirtalab xolga kelgan, shu sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi PQ-2857-sonli qarori, 5-bandiga asosan 2023 yilda dastur doirasida kapital rekonstrutsiya kilish hamda qo‘shimcha bino qurishga kiritilgan. 2021 yil 25 maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5124-sonli hamda O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5199-sonli karorlari, ijrosini ta’minlash, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi bo‘yicha faoliyat olib borish va to‘liq raqamlashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini tadbiq etish hamda hududlarda Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining 2022 yil 28 iyuldagi 25-sonli buyrug‘ini inobatga olib hamda Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2022-yil 1 avgust kungi “Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi mexanizmlarini joriy etishga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish chora tadbirlarini yanada jadallashtirish haqida”gi № 134-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida barcha birlamchi tibbiy muassasalarda vrachgacha qabul xonalari tashkil etilmoqda, shuningdek 88-sonli oilaviy poliklinikada ham vrachgacha qabul xonalarini tashkil etish maqsadida tez tibbiy yordam brigadasi 88-sonli OPning qo‘shimcha binosiga tibbiyot birlashmasi hamda xomiylar ko‘magi bilan qurilayotgan TTYo xonalari bitguniga qadar vaqtincha ko‘chirib o‘tazilayotganligini ma’lum qilamiz”.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram