Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI TOMONIDAN “SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

×

 2022-08-03 15:41:11    132

PDF yuklash
Chop etish


“Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-785-son Qonun bilan Soliq kodeksiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan mazkur qonunga asosan qator soliq imtiyozlari joriy etildi.

Xususan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash kabi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar uchun 2022 yil 1 apreldan 2025 yildan 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilandi.

Shuningdek, charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilindi.

Albatta, berilayotgan soliq imtiyozlari tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, sohani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Qo‘shtepa tumani davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil yanvar-iyul oyi davomida Qo‘shtepa tuman DSI tomonidan 895 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 572 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram