Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

30-iyul “Xalqlar do‘stligi kuni”munosabati bilan tuman hokimi I.Novikovning TABRIGI

 2022-08-03 11:48:05    210

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum qadrli do‘stlar hamda aziz mehmonlar!

Mana bir necha kundirki, 30-iyul “Xalqlar do‘stligi kuni” yurtimiz bo‘ylab katta bir bayram sifatida keng nishonlanib, qardosh millat vakillariga cheksiz hurmat va extirom ko‘rsatilib kelinmoqda. 

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yakdil, ahil bo‘lib yashayotgani, har bir insonning hayotiy manfaatlari hamda ezgu maqsadlari ro‘yobi uchun teng va keng imkoniyatlar yaratib berilgani alohida e’tirofga hamda ibratga loyiq. 130 ga yaqin milliy madaniy markazlarning samarali faoliyat olib borishi uchun har tomonlama ko‘maklashilayotgani turli millat vakillarining o‘z ona tili, madaniyati, san’ati, hunarmandchiligi va milliy qadriyatlarini rivojlantirishida muhim o‘rin tutmoqda.

Ular “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7 tilda olib borilmoqda. Tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilmoqda.

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat Dasturini amalga oshirilishi ham, milliy madaniy markazlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, millati, irqi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolar ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” tamoyilini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bu borada “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida an’anaviy “Do‘stlik festivali” muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu festival ikki bosqichda – hududiy va respublika bosqichlarida ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib, aytish joizki, “Bag‘ri keng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” tamoyilini amalga oshirish bilan birga, yoshlarni millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g‘oyalariga sodiq bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.

Muxtasar aytganda, “Bag‘rikeng O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostidagi an’anaviy Do‘stlik festivali, millatlararo totuvlik va dinlar aro bag‘rikenglik sohasida O‘zbekistonning o‘z maqsadlariga sodiqligining yorqin ifodasi sifatida xizmat qilishi bilan birga, mamlakatda millatlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yaxlit tizimni rivojlantirish, milliy madaniy markazlar uchun yanada qulay va keng imkoniyatlar yaratish, ularning bunyodkorlik tashabbuslari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, Qo‘shtepa tumanida istiqomad qiladigan barcha qardosh millat vakillari va hamyurtlarimizni “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

E’tiborlaring uchun raxmat !