Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIMNING BIR ISH KUNI
2021-11-24 17:59:46 80
Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 38-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
20-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “O’zbekiston” shifokor xizmat uyida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi mas’ul rahbarlarga aholi tomonidan bo‘lgan chaqiruvlarga muassasa xodimlari belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlash yuzasidan o‘zining tegishli topshiriqlarini berdi.
Shuningdek, Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Shodiyona nurli fayz” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.