Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-09-15 20:33:32    98

PDF yuklash
Chop etish



Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali “Kuzgi ekinlarni ekolmayapmiz, sabab – suv…” sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat e'lon qilindi.

Ushbu murojaatda: “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Eshonguzar MFY hududidagi Saodat, E'tirof va taxta bozori ortidagi ko’chalar ariqlarida bir oydan beri suv yo’q. Ekinlarimiz suvsizlikdan qurimoqda. Mevalar pishmay to’kilmoqda. Kuzgi ekinlarni ham ekolmayapmiz. Surishtirsak, Janubiy Farg’ona kanalida suv yo’q deyishdi. Mutasaddilardan amaliy yordam so’raymiz” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat yuzasidan Qo’shtepa tumani irrigatsiya va melioratsiya bo’limi mutaxassislari tomonidan o’rganish ishlari olib borilayotganligini va o’rganishlar nihoyasiga yetgach yana batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram