Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-06-07 22:00:56    100

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da tuman hokimi I.Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 7 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 2-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasadagi yakuniy imtixon topshirish jarayonlari hamda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda yoshlarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda yoshlar oyligini yuqori saviyada o’tkazish maqsadida Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bo’lgan M.Tolipovaning holidan xabar olinib, unga tuman hokimligi tomonidan ajratilgan nogironlik aravachasi topshirildi.


Sektor rahbari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularni bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman rahbari tomonidan Karnaychi mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobut qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, joylarda mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi. Paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram