Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO’G’RISIDA”GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI MAZMUN-MOHIYATI

×

 2021-05-04 16:43:27    139

PDF yuklash
Chop etish



I. Qonunning maqsadi.

Har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e'tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat'i nazar, fuqarolarning tengligini ta'minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.

 II. Qonunning mazmuni va mohiyati.

Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar.

O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.

Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi.

Davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita zimmasiga yuklanadi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e'tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko’ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o’quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e'tirof etiladi.

Diniy tashkilot O’zbekiston Respublikasining o’n sakkiz yoshga to’lgan va O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo’lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi.

Diniy tashkilot:

·    Markaziy boshqaruv organi O’zbekiston Respublikasining kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi) faoliyat ko’rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning ro’yxatga olingan diniy tashkilotlari vakillari ta'sis yig’ilishi (konferentsiyasi) tomonidan tuziladi.

·    Diniy tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yoki uning joylardagi organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o’z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram