Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI”: MUAMMOLAR HAL QILINMOQDA

×

 2021-04-07 22:12:25    79

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi 11-umumta'lim maktabida Davlat xavfsizlik xizmati Marg’ilon shahar bo’limining mas'ul xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi.

Ushbu uchrashuv yoshlarning fikrini tinglash hamda ularning muammolari va dolzarb vazifalarini o’rganish, ularning e'tirozlariga sabab bo’layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.


Uchrashuvda 14 nafar yoshlar ishtirok etib, ular tomonidan turli mazmundagi muammo va takliflar bildirildi. Tuman hokimi I.Novikov tomonidan yoshlarning muammo va takliflarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.


Uchrashuv so’ngida maktabning ilm-fan hamda madaniyat yo’nalishlarida yuqori natijalarga erishayotgan 2 nafar o’quvchilariga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram