Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINIB, OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BERILDI

×

 2021-02-19 22:17:52    124

PDF yuklash
Chop etish


Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish bugungi kunda har bir rahbarning oldida turgan asosiy maqsaddir.

Aholining yaxshi yashashi, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va og’irini yengil qilish borasida Qo’shtepa tumanida ham barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan 1-sektor hududidagi Oqtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomad qiluvchi moddiy yordam va ko’makka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, 13 ta  xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Olib borilayotgan bu kabi islohotlardan maqsad xalqimizni rozi qilish, kam ta'minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash va ularni yolg’izlatib qo’ymaslik, kishilarga yaxshi yashashlari uchun mavjud imkoniyatlarni tushuntirish va ishbilarmonlik ko’nikmalarini shakllantirish orqali o’z daromadlarini oshirishlariga erishish va oilaviy farovonliklarini yaxshilashdan iborat.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram