Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHNAT KODEKSI TARG’IBOTI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-11-23 18:54:32    111

PDF yuklash
Chop etish



Ayni kunlarda joylarda ushbu kodeksning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminarlar, turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun mohiyatini keng ommaga yetkazish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi boshlig‘i X.Toshaliyev  va Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Qo‘shtepa tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Iqboljon Zokirovlar Mehnat kodeksidagi yangi o‘zgarishlar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

Joriy yilning 28 oktyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Yangi Mehnat kodeksi amaldagi kodeksga qo‘shimcha normalar kiritilishi orqali takomillashtirildi, mehnat qonunchiligida mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar to‘ldirildi.

Hozirda amalda foydalanilayotgan Mehnat kodeksi 294 ta moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa yangi Mehnat kodeksida mehnat munosabatlari 581 ta modda bilan tartibga solinmoqda.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram