Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANIDAGI 4-UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABI MUKAMMAL TA'MIRDAN CHIQARILDI
2021-10-11 19:45:36 178
Qo’shtepa tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli 4-umumiy o’rta ta'lim maktabi 2 mlrd 150 mln so’mga mukammal ta'mirlandi.
Bugungi zamon talabi asosida did bilan ta'mirlangan maktab nafaqat o’quvchilar, balki ota-onalar quvonchiga ham sabab bo’ldi.
Ta'mirdan so’ng yangi qiyofaga ega bo’lgan maktabning fan xonalari to’liq yangi mebellar va jihozlar bilan ham ta'minlandi.
Endi bolajonlar mukammal ta'mirdan chiqarilib, zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilgan jonajon maktablarida bilim olishni davom ettiradilar.
Bugun ushbu maktabning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, mas'ul idoralar rahbarlari, mahalla faollari ham ishtirok etdilar.
Tadbirda I.Novikov so’zga chiqib, o’quvchilar va o’qituvchilarni yangilangan maktab binosi bilan tabrikladi. Yurtimizda yosh avlodning har jihatdan sog’lom va barkamol insonlar bo’lib o’sishi, ta'lim-tarbiya olishi uchun Prezidentimiz tomonidan alohida e'tibor, g’amxo’rlik ko’rsatilayotganini ta'kidladi.
Tadbir davomida maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.
Maktab o’qituvchilari va mahalla faollari maktab ta'miri uchun minnatdorlik bildirdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi