Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-15 20:10:10    89

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Obod qishloq” dasturi asosida mukammal ta'mirlangan 4-umumta'lim maktabida o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasada joylashgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Saylov uchastkasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


“Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod qishloq” Dasturi asosida yangi qurilayotgan 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman aholisini arzon va barcha qulayliklarga ega bo’lgan uy-joylar bilan ta'minlash maqsadida “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan bo’sh turgan bino-inshootlarda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari o’rganildi. Pudratchi tashkilot rahbarilariga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda sifatli yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida 33-umumta'lim maktabida uchastka saylov komissiya a'zolari uchun o’quv seminar bo’lib o’tdi. Mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlarning samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgingan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tuman rahbari tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tadbirkor R.Nazarova tomonidan “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig’ini hududida xizmat ko’rsatish markazi tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, tadbirkorga qurilish ishlarini yakunlash hamda “Konstitutsiyamizning 28 yilli”gi bayrami arafasida foydalanishga qabul qilish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 37-umumta'lim maktabida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida “Quvirboshi” mahalla fuqarolar yig’ini Shijoatkor ko’chasida O’zbekiston Respublikasi JKning 109-modda 2-qismi bilan sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama o’tkazildi.Tuman hokimi I.Novikov hamda tuman IIB boshlig’i S.Abdullayevlar tomonidan ushbu jinoyatni sodir etilishiga imkon yaratib bergan mahalla faollariga yuqoridagiga o’xshash jinoyatlar hamda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram