Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-06-10 22:26:27    112

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” MChJda bo’lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Sektor rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 35-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


I.Novikov “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularning banligini ta'minlash, tadbirkorllik yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “GRAF TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lgan tuman rahbari korxonada ishlab chiqarilayotgan tirkotaj mahsulotlari sifatini va eksportni yo’lga qo’yish hamda ishlab chiqarish xajmini oshirish bo’yicha qo’shimcha ishlar olish yuzasidan o’z takliflarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram