Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDYALAR SAYYOR QABULDA

×

 2021-06-07 22:56:15    125

PDF yuklash
Chop etish



Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Farg’ona viloyat sudi raisining o’rinbosari – jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay'ati raisi B.Vaxobov, ishchi guruh rahbari viloyat ma'muriy sudining sudyasi N.Xadjimatov hamda guruh a'zolari viloyat sudining sudyasi F.Xatamkulov, Farg’ona tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi X.Jamoliddinov va jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tumani sudining raisi A.Ergashevlar tomonidan Qo’shtepa tumanida sayyor qabul o’tkazildi.


2-sektor hududidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o’tkazilgan sayyor qabulda 10 nafar, 3-sektor hududidagi 2-son kasb-hunar maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda 10 nafardan ziyod fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ko’rib chiqildi.


Shuningdek, bundan keyin ham sudlar tomonidan sayyor qabullar o’tkazish belgilangan bo’lib, navbatdagi qabul joriy yil 19 iyun kuni 4-sektor hududidagi Xalqobod mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 9-sonli maktab binosida o’tkazish rejalashtirilgan.

Dostonbek XOLMATOV,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining devonxona mudiri.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram