Размер шрифта цвет картина

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Подписка на новости


На сайте сейчас 102 пользователей Статистика телефон доверия

×

 2020-07-06 14:15:33    205

Скачать PDF
Печать


Qo’shtepa tumani “Dehqon bozori” hududida “Davlat tili haqida” gi qonun talablari yuzasidan o’tkazilgan o’rganish davomida bozor hududidagi mavjud savdo rastalariga ilingan peshlavhalarni imlo xatolarsiz, lotin alfbosida yozilganligiga e'tibor qaratildi.

O’rganish chog’ida, bo’sh turgan savdo rastalariga tashqi axborot matnlari, ya'ni mahsulotlar uchun ajratilgan joylarni belgilovchi peshlavhalar yo’qligi aniqlandi. Bozor rahbari D.Yusupova esa bu xolatni, hozirda bozor hududida qayta ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi uchun aksariyat tashqi axborot matnlari yozilgan peshlavhalar olib qo’yilganini va ta'mirlash ishlaridan so’ng joy-joyiga o’rnatilishini aytib izohladi.

Shuningdek o’rganish davomida, hududdagi ayrim peshlavhalar davlat tiliga mos kelmasligi, imlo xatolarga yo’l qo’yilgan holda yozilganligi, ayrimlari esa ma'nan eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlandi.

Bozor hududidagi tashqi reklama va yozuvlar davlat tilida hamda bir xil shaklda bo’lishi ta'kidlanib, ularni o’zgartirish maqsadida tuman hokimligi bilan hamkorlikda yangidan loyihalarini tayyorlab, hududdagi ta'mirlash ishlari tugagandan so’ng o’rnatish ishlari bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Imlo xatolar bilan yozilgan va ma'nan eskirgan tashqi axborot matnlarini almashtirish bo’yicha ham tavsiyalar berildi.

U.Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.