Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’ISHTMON MAHALLASIDA  ICHKI YO‘LLAR TA’MIRLANMOQDA

×

 2022-11-24 08:43:19    87

PDF yuklash
Chop etish



Yo‘llar xalqimizni obod manzillar sari eltuvchi, aholining og‘irini yengil qiluvchi jamoatchilikning eng serqatnov makonidir. Ayniqsa, bu nurli manzillarning ravonligi insonlarning manzil-makonini yaqin qilishda, aholiga yorqin kayfiyat ulashishda bebaho hissadir. 

Qo‘shtepa tumanida aholi ehtiyojlariga muvofiq yo‘l tarmog‘i holatini sifat jihatidan o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahalliy yo‘llar holatini yaxshilash, ularni joriy ta’mirlash va asfaltlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda birgina G’ishtmon mahallasining o‘zida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 1 mlrd. 200 mln. so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalladagi Yangiariq, Ohang, Ibinsino hamda Nafosat ko‘chalarining 3600 metr qismida asfaltlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Shuningdek Kanraychi mahallasidan G’ishtmon mahallasiga kirish yo‘lining 110 metr qismi aholining tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali asfaltlashtirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan bugun xalqimiz mamnun. Daxldorlik hissi esa tobora oshib bormoqda.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram