Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OILA MUQADDAS” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

×

 2022-06-23 15:38:06    129

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi 3-MTTda Borot, Paxtakor, Garmdon mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida “Oila muqaddas”, “Siz qonunni bilasizmi?” hamda “Qizlarni eng go‘zal fazilatlari bilim va odob sohibalari etib tarbiyalashda nuroniy onaxonlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.



Mahallalardagi faol ayollar, nuroniy onaxonlar va na’munali oila bekalari bilan o‘tkazilgan davra suhbatini Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilzodaxon Olimova ochib berdi.





Dilzodaxon Olimova oilaning jamiyatimizdagi yuksak maqomi, unga berilayotgan katta ahamiyatning bugungi kunimiz uchun qanchalar dolzarbligi haqida to‘lqinlanib so‘zladi. Shuningdek, “Oila – Vatan ichra, kichik Vatan” deya urg‘u berdi.



Tadbir davomida so‘z olgan tuman bosh otinoyisi Muqaddamxon O’rmonova, mahalla faollari va nuroniy onaxonlar oilaning muqaddasligi, uning jamiyatimizning kichik yacheykasi sifatida jamiyat rivojidagi o‘rni, jamiyatdagi sog‘lom muhitni ta’minlashdagi ahamiyati haqida gaprib o‘tdilar. Muqaddas sanalmish oila qo‘rg‘onining mustahkam bo‘lishi jamiyatning har bir sohasiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi, sog‘lom oila a’zolari, xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik, ularning har bir ishi, kayfiyati aynan o‘z oilasidagi muhitga bog‘liqligi haqida ham so‘z bordi.

Risoladagidek oilalarning ko‘payishi bugungi kunda oila qurish yoshida bo‘lgan yosh yigit-qizlarimizning olgan ta’lim-tarbiyasi, ularning oila haqidagi bilimlarni qay darajada bilishlariga, oilaviy munosabatlarga qay darajada jiddiy qarashlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ushbu davra suhbati ham aynan mana shunday dolzarb mavzu yuzasidan bo‘lib o‘tdi.  





Suhbat davomida qizg‘in savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi. Qolaversa, “Siz qonunni bilasizmi?”, “Qizlarni eng go‘zal fazilatlari bilim va odob sohibalari etib tarbiyalashda nuroniy onaxonlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish” mavzulariga ham alohida to‘xtab o‘tildi.

Tadbir nihoyasida mahallalarning faol ayollariga, shuningdek, har jabhada barchaga namuna bo‘layotgan ayollarga esdalik sovg‘alari berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram