Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-07 22:56:38    92

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov qizil hududga kiritilgan Langar mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Bugun tuman hokimligida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalarga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Unda sektor rahbarlari, tashkilot va korxonalar, hudud profilaktika inspektorlari, ta'lim muassasalari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirok etishdi.

Yig’ilishni tuman hokimi I.Novikov ochib, joriy yilning o’tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar, oilaviy ajrimlar, shuningdek jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Shundan so’ng viloyat prokurorining birinchi o’rinbosari Sh.Alixonov so’zga chiqdi. Yig’ilish ishtirokchilariga jinoyatchilikni oldini olish borasida olib boriladigan targ’ibot ishlarini muntazam tashkillash yuzasidan topshiriqlar berildi.


Farg’ona viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan “FERGANA GLOBAL TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyatida sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligi tashkilotlari rahbarlari hamda hudud agronomlari ishtirokida chigit ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda 2021 yil g’alla hosili uchun parvarishlanayotgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.


Shuningdek, tuman hokimi fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari Tibbiyot birlashmasiga qarashli Langar shifoxonasida bo’lib, xushyorxona bo’limi tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Tuman hokimi mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarga yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlarni berdi.


Qumtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududida qurilayotgan 30 xonadondan iborat 5 qavatli uy-joylar qurilishi hamda oqava suv tarmog’ini ta'mirlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Shuningdek, sektor rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram