Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLAR HOKIM QABULIDA

×

 2021-02-22 15:25:24    95

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning “Tadbirkorlar uyi”da tadbirkor va ishbilarmonlar bilan navbatdagi qabuli bo’lib o’tdi.

Qabul davomida 16 nafar tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdi. Tadbirkorlar asosan kredit, joy masalasida murojaat qildilar. 

Qabulda ishtirok etayotgan tadbirkorlarimizdan biri Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Gulbahor G’ofurova bilan suhbatlashdik.

        – Oilaviy tikuvchilik bilan shug’ullanamiz, – deydi Gulbahor G’ofurova. – Bankdan kredit olib, faoliyatimizni kengaytirmoqchimiz. Kredit olishda ayrim muammolarga duch kelayotganligimiz uchun bugungi qabulda ishtirok etdim. Tumanimiz hokimi murojaatimni tinglab, yechimi bo’yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriq berib, o’z nazoratiga oldi. Nasib qilsa yangi haftga kredit olamiz.

Qabulda ishtirok etgan har bir tadbirkorning murojaati ro’yxatga olinib hokim tomonidan batfsil eshitildi, tavsiya va tushuntirishlar berildi hamda tegishli tartibda o’rganib hal etish uchun mutasaddilarga biriktirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram